An’analar
ijodga ilhom baxsh etadigan maskan
Markaziy Osiyoning qoq markazida
madaniy merosni asrash, ijodiy ifoda va
xalqaro madaniy almashinuv uchun yangi maskan.
Biz haqimizda
Naqsh hunarmandchilik maktabiga xush kelibsiz.
Toshkent — qadimiy Ipak yo‘li va sivilizatsiyalar chorrahasida Naqsh hunarmandchilik maktabi tashkil etildi. Bu yerda ko‘p asrlik badiiy meros zamonaviy ijod bilan uyg‘unlashadi.
Maktab faoliyatini O‘zbekistonning tirik madaniy merosiga bag‘ishlangan beshta moduldan iborat “Pilot yil” dasturi bilan boshlaydi, so‘ngra to‘liq Diplom dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bizning maqsadimiz san’at va dizayn kelajagini shakllantiradigan yangi avlod rassomlari, ustalari va ijodkorlarini tarbiyalashdir.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) hamda The King's Foundation School of Traditional Arts (KFSTA) hamkorligi orqali xalqaro tajriba va mahalliy an’analarni uyg‘unlashtirib, an’anaviy va zamonaviy san’at bo‘yicha jahon darajasidagi ta’limni yaratmoqdamiz.
Naqsh hunarmandchilik maktabi O‘zbekiston madaniy merosini kelajak avlodlarga yetkazish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qiluvchi yirik tashabbusdir.
O‘tmishni asrash va kelajakni birgalikda yaratish yo‘lida bizga qo‘shiling.
Toshkentga xush kelibsiz.
Shahrimiz va eshiklarimiz siz uchun ochiq.
“Sizni O‘zbekistonning boy badiiy merosi va kelajakka qaratilgan ulkan maqsadlari asosida tashkil etilgan Naqsh hunarmandchilik maktabida samimiy kutib olish men uchun katta sharafdir.
Naqsh hunarmandchilik maktabi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining milliy madaniy merosni asrash, rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim tashabbuslaridan biridir. The King's Foundation School of Traditional Arts bilan hamkorligimiz ularning an’anaviy san’at ta’limidagi ko‘p yillik tajribasini bizning ijodkorlik va madaniy almashinuvga qaratilgan yondashuvimiz bilan birlashtiradi.
Birgalikda biz nafaqat an’anaviy hunarmandchilikni asrab-avaylaymiz, balki uning zamonaviy dunyo uchun yangi ahamiyatini ham namoyon etamiz. Ushbu hamkorlik madaniy aloqalarning kuchini hamda O‘zbekistonning ijod va muloqot markazi sifatidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.”
Bizning maqsadimiz
Kelajak sari.
O‘zbekiston — buyuk astronomlar, hunarmandlar va novatorlar yurti bo‘lib, ularning merosi bugungi kunda ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Naqsh hunarmandchilik maktabida biz ushbu merosni asrab-avaylagan holda kelajak sari intilamiz.
Bizning maqsadimiz ijodkorlik, hamkorlik va madaniy almashinuv uchun maydon yaratish, talabalarni dunyo bilan bog‘lash hamda ularning zamonaviy, innovatsion va ochiq global san’at hamjamiyatining faol ishtirokchisiga aylanishiga ko‘maklashishdir.
Bizning taklifimiz
-
Jahon darajasidagi
dasturlar:An’anaviy hunarmandchilik, zamonaviy dizayn va fanlararo san’at yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar.
-
Xalqaro
almashinuv:Rezidensiyalar, ko‘rgazmalar va dunyoning yetakchi muassasalari bilan hamkorlik imkoniyatlari.
-
Hamma uchun
imkoniyat:O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari.
Talaba, hamkor yoki mehmon bo‘lishingizdan qat’i nazar, bu yerda o‘sish, kashfiyot va hamkorlik uchun yaratilgan muhitni topasiz.
Bizning hamkorligimiz
The King's Foundation School of Traditional Arts bilan hamkorligimiz KFSTAning an’anaviy san’at ta’limidagi ko‘p yillik tajribasini O‘zbekistonning boy madaniy an’analari bilan uyg‘unlashtiradi.
Hamkorlikning ilk bosqichi sifatida O‘zbekistonning tirik madaniy merosiga bag‘ishlangan beshta amaliy ustaxona mashg‘ulotidan iborat “Pilot yil” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. 43-UNESCO Bosh konferensiyasiga bag‘ishlangan birinchi modul Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasiga bag‘ishlanadi.
Har bir ustaxona kelgusida 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan ikki yillik Diplom dasturining alohida yo‘nalishlarini namoyish etadi.
Mazkur hamkorlik talabalarimizga madaniy meros va zamonaviy tajribani uyg‘unlashtirgan kompleks ta’limni taqdim etib, ularni xalqaro san’at hamjamiyatining yetakchilariga aylanishiga xizmat qiladi.
Biz bilan aloqada bo‘ling
Bizning yo‘limizning bir qismiga aylaning
Naqsh hunarmandchilik maktabining modullari va ustaxonalari haqida qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, quyidagi shaklni to‘ldiring.